Ishonch raqami
+99871-292-97-62Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi to‘g‘risida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 21-dekabrdagi 271-f farmoyishiga ko‘ra “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarni yetishtirish, yig‘ish va qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarish birlashmasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi davlat o‘rmon qo‘mitasi tarkibida tashkil etilgan.
2017-yil may oyiga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5041-sonli farmoni va 2017 yil 11 maydagi PQ-2966-sonli qaroriga ko‘ra “Shifobaxsh” dorivor o‘simliklarini yetishtirish va qayta ishlash markaziga aylantirilgan.
2020-yilga kelib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-noyabrdagi “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4901-sonli qaroriga ko‘ra O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi” tashkil etilgan va vazifalari etib quyidagilar belgilangan.
Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish;
respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish;
urug‘lik materiallarni yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ularning xomashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish;
dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning agrotexnologik xaritalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Qo‘mita buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqish;
dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlash;
dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish;
dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va boshqa subyektlar rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirib borishga yo‘naltirilgan dasturlarni tayyorlash va o‘qitish tizimini tashkil etish.
10. Markaz o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish sohasida:
dorivor o‘simliklarni yetishtirish, tayyorlash, qayta ishlash sohasiga zamonoviy texnologiyalarni joriy etish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni doimiy o‘rganish, ularni bartaraf etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib borish;
dorivor o‘simliklarni yetishtirish, tayyorlash hajmlarini oshirish va turlarini ko‘paytirishni ichki va tashqi bozor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tizimli o‘rganish;
ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o‘simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va tizimli ravishda yangilanib borilishini amalga oshirish;
respublikada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan sohaga oid loyihalarni tahlil qilish va natijalariga ko‘ra xulosa berish;
b) respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish sohasida:
tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini va zaxiralarini o‘rganish borasida ilmiy-tadqiqotlar olib borishni tashkil etish va natijalari bo‘yicha ishlanmalar, takliflar ishlab chiqish;
yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar nav-namunalarini yig‘ish va ulardan dorivor moddalari eng ko‘p to‘planadigan nav-namunalarni aniqlash va seleksiya yo‘li bilan yangi navlarni yaratishni yo‘lga qo‘yish;
hududlarning tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklarning onalik plantatsiyalarini barpo etish va tadqiqot ishlarini tashkil etish;
mavjud bioresurslar genofondini saqlash borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va unga mahalliy hamda xorijiy investorlarning investitsiyalarini, xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish;
o‘rmon fondi yerlarida dorivor o‘simliklarning qat’iy hisobini yuritish;
v) urug‘lik materiallarni yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ularning xomashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish sohasida:
dorivor o‘simliklarning kamayib borayotgan noyob turlarini saqlash va ko‘paytirishni tashkil etish;
yangi turdagi dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish bo‘yicha ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarida urug‘chilik tajriba uchastkalarini tashkil etish;
ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklarning, ayniqsa, kamayib borayotgan noyob turdagi dorivor o‘simliklarning kolleksion ko‘chatxonalarini tashkil etish hamda xomashyosini tayyorlash va qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish;
g) dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish sohasida:
ichki va tashqi bozor ehtiyojlarini o‘rganish asosida o‘rmon xo‘jaliklari va boshqa dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi subyektlar bo‘yicha dorivor o‘simliklarni rivojlantirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish;
hududlarning tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib dorivor o‘simliklarni ilmiy asoslangan holda joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
tabiiy holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish, chet el florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni mahalliy sharoitda urug‘laridan ko‘paytirish va introduksiyalashni yo‘lga qo‘yish;
d) tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning agrotexnologik xaritalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqish sohasida:
agrotexnologik xaritalarni ishlab chiqish bo‘yicha dorivor o‘simlik turlarini aniqlash va ro‘yxatini shakllantirish;
agrotexnologik xaritalarni ishlab chiqish uchun ketadigan sarf-xarajatlarni aniqlash va belgilangan tartibda moliyalashtirish uchun mablag‘larni yo‘naltirish;
tegishli ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirishni ilmiy asoslangan holda tashkil etish va sarf-xarajatlarni belgilash maqsadida agrotexnologik xaritalarni ishlab chiqishni amalga oshirish;
ye) dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlash sohasida:
dorivor o‘simliklar sohasida xalqaro standartlar talablarini doimiy o‘rganish;
laboratoriya jihozlarining xalqaro standart talablariga mosligini ta’minlash;
sohaga malakali mutaxassislarni jalb etish va ularning tajriba hamda ko‘nikmalarini oshirib borish;
mahsulotlarni standartlash va sertifikatlash bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning tajribasini o‘rganish va joriy etish;
sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb etish va ularni qo‘llash oshirish;
dorivor o‘simliklar mahsulotlarini ishlab chiqarishning xalqaro standartlarga muvofiqligini nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish;
laboratoriyani zamonaviy jihozlar bilan ta’minlashga xorijiy institut hamda donorlarning mablag‘larini jalb etish;
ilmiy loyihalar doirasida dorivor o‘simliklarning iqlim sharoitiga mos holda o‘sishi va rivojlanishi hamda olingan mahsulotlarning kimyoviy tarkibi mosligi bo‘yicha dorivor o‘simliklarning har bir turi va naviga alohida litsenziya berishni yoki belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan sertifikatlash organi tomonidan sertifikatlashni amalga oshirish;
yo) dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish sohasida:
dorivor o‘simliklarga bo‘lgan bozor talablarini o‘rganish bo‘yicha jahon tajribasini o‘rganish va amaliyotga joriy etish;
sohaga malakali mutaxassislarni jalb etish va marketing tadqiqotlari o‘tkazish;
ichki va tashqi bozorlar talablari asosida dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligiga va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga kiritish;
j) dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va boshqa subyektlar rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirib borishga yo‘naltirilgan dasturlarni tayyorlash va o‘qitish tizimini tashkil etish sohasida:
sohada ilmiy xodimlarni tayyorlashni, faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
dorivor o‘simliklarni yetishtirish, quritish, qayta ishlash, marketing yo‘nalishi bo‘yicha rahbar va mutaxassislarning malakasini oshirishga qaratilgan yillik o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
mahalliy hokimliklar va viloyat o‘rmon xo‘jaliklari boshqarmalari bilan birgalikda dorivor o‘simliklarni yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va boshqa subyektlar bo‘yicha malaka oshirish o‘quv dasturlarini o‘tkazish grafik-jadvalini tayyorlash hamda amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish;
respublikada hamda xorijda soha rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashish.
11. Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin.
Barcha malumotlar
Bo'sh ish o'rinlari
Ilmiy kengash
Markaz tarixi
Faoliyat
Markaz tuzilmasi
Laboratoriyalar faoliyati
DORIVOR O‘SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI VA AGROTEXNIKASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR SELEKSIYASI VA URUG‘CHILIGI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR XOM-ASHYOSINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR FITOKIMYOSI VA STANDARTIZATSIYASI LABORATORIYASI