Ishonch raqami
+99871-292-97-62O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-noyabrdagi “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4901-son qaroriga asosan DIICHM tarkibida 4 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tashkil etilgan bo‘lib, Markazning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Laboratoriyalarning shtat birliklari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining buyrug‘iga asosan tasdiqlanadi. Joriy holatga ko‘ra, vazirning №268-sonli buyrug‘i bilan har bir laboratoriya uchun mudir va katta ilmiy xodim shtatlari ajratilgan. Laboratoriyalar Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi davlat muassasasi tuzilmasiga muvofiq bosh direktorning ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosariga bo‘ysunadi.
Laboratoriya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi agentligi va qaror va buyruqlariga, Markaz va Laboratoriya Nizomi hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Barcha malumotlar
Bo'sh ish o'rinlari
Ilmiy kengash
Markaz tarixi
Faoliyat
Markaz tuzilmasi
Laboratoriyalar faoliyati
DORIVOR O‘SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI VA AGROTEXNIKASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR SELEKSIYASI VA URUG‘CHILIGI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR XOM-ASHYOSINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR FITOKIMYOSI VA STANDARTIZATSIYASI LABORATORIYASI