Ishonch raqami
+99871-292-97-62Ilmiy kengash faoliyati
Ilmiy kengash Markaz faoliyatiga taalluqli muhim masalalarni hal qilish uchun tuziladigan, Markazning kollegial boshqaruv organi hisoblanadi.
Ilmiy kengash o‘z faoliyatida tegishli qonun hujjatlari talablariga, Markazning Ustaviga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Ilmiy kengash Markaz Bosh direktori, uning o‘rinbosarlari, markaz ilmiy kotibi, laboratoriya mudirlari, kasaba uyushma raisi, mahalliy va xorijiy mamlakatlarning yetakchi olimlaridan iborat tarkibda tuziladi. Uning tarkibi Markaz direktorining tavsiyasiga ko‘ra, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining buyrug‘i bilan bir yillik muddatga tasdiqlanadi.
Ilmiy kengashga Markaz Bosh direktori raislik qiladi. Markaz Bosh direktori yo‘qligida Ilmiy kengashga uning ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari raislik qiladi.
Markazning ilmiy darajaga ega ilmiy kotibi Ilmiy kengashga kotiblik qiladi.
Ilmiy kengash kotibi Ilmiy kengash faoliyatiga doir hujjatlarni yuritadi.
Ilmiy kengash o‘z faoliyatini yillik ish rejasiga muvofiq tashkil qiladi.
Ilmiy kengashning ish rejasi va qabul qilingan qarorlarning bajarilishi ustidan umumiy nazorat Ilmiy kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ilmiy kengashning maqsadi, vazifalari va vakolatlari
MAQSADI - Markazning faoliyati va imkoniyatlarini O‘zbekiston Respublikasining Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risidagi qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarishga, sohaga oid muammolar va ilmiy yechimini muhokama qilishdan iborat.
VAZIFALARI - mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar va dorivorchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqurlashtirish hamda ustuvor yo‘nalishlarni belgilashni hal qiladi;
ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qiladi va Markaz nomidan xulosa beradi;
Markaz ilmiy tadqiqot laboratoriyalarining mavzularini, yillik ish rejalarini tasdiqlaydi;
ilmiy xodimlarni ilmiy unvonlarga tavsiya qiladi;
ilmiy-amaliy adabiyotlar, qo‘llanmalar, ilmiy ishlanmalar, maqolalar, ilmiy-texnik dasturlar doirasidagi bajarilishi rejalashtirilgan fundamental, amaliy, innovatsion loyihalarni ko‘rib chiqadi;
Markaz, uning tuzilmalari rahbarlarining hisobotlarini ko‘rib chiqadi.
Ilmiy kengash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z vakolati doirasida boshqa vazifalarni ham bajaradi.
VAKOLATLARI - Markazda ilmiy tadqiqotlar va ularga qo‘yiladigan davlat talablari asosida tashkil etilishini ko‘rib chiqish;
laboratoriya mudirlari va ilmiy darajaga ega xodimlarni lavozimlarini egallash uchun tanlovlarni tashkil etish;
professor, katta ilmiy xodim ilmiy unvoniga talabgorlarning hujjatlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama qilish va natijalari bo‘yicha xulosa berish;
ilmiy darajaga ega ilmiy xodimlarni, mustaqil tadqiqotchilarni xorijiy davlatlarning yetakchi ilmiy muassasalarida malakasini oshirish hamda stajirovkaga yuborish uchun tavsiya qilish;
ilmiy tadqiqotchilarni laboratoriyalarga biriktirish va ularga ilmiy maslahatchilar tayinlash;
ilmiy-tadqiqot mavzulari va loyihalarini ko‘rib chiqish;
Markaz faoliyatini rivojlantirishning joriy (yillik) va istiqbol rejalarini tasdiqlash, moliya-iqtisod faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish;
dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash sohasiga oid davlat siyosatini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
dorivorchilik sohasi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy ishlarni tashkil qilish va ularni takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish;
dorivorshunos kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yangi yo‘nalishlarini kiritish haqida takliflar tayyorlash;
dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlashga oid ilmiy-tadqiqotlarning dolzarb muammolari bo‘yicha davriy, ilmiy-nazariy va amaliy nashrlar chop etish bo‘yicha takliflar berish;
dorivorshunos kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan mahalliy va xorijiy davlatlarning turdosh ilmiy muassasalari bilan belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qilish.
Ilmiy kengash qonun hujjatlarida belgilangan boshqa vakolatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Barcha malumotlar
Bo'sh ish o'rinlari
Ilmiy kengash
Markaz tarixi
Faoliyat
Markaz tuzilmasi
Laboratoriyalar faoliyati
DORIVOR O‘SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI VA AGROTEXNIKASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR SELEKSIYASI VA URUG‘CHILIGI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR XOM-ASHYOSINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR FITOKIMYOSI VA STANDARTIZATSIYASI LABORATORIYASI