DORIVOR O‘SIMLIKLAR SELEKSIYASI VA URUG‘CHILIGI LABORATORIYASI

DORIVOR O‘SIMLIKLAR SELEKSIYASI VA URUG‘CHILIGI LABORATORIYASI VAZIFALARI:

- O‘zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo‘lgan barcha dorivor o‘simlik turlarini o‘rganish, an’anaviy va ilg‘or seleksiya usullaridan foydalangan holda yangi nav va duragaylarini yaratish, urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish.

- Respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar mavjud bioresurslar genofondini saqlash va ulardan oqilona foydalanish.

- Noyob tur va yo‘qolib ketish xavfi turgan turlarni urug‘lik materiallarini ekinboplik xossalarini, ko‘paytirish va saqlash usullarini ishlab chiqish.

- Mahalliy va xorijiy floraga mansub tabiiy populyatsiyalarni jinsiy ko‘payishning noyob hodisalari bilan bog‘liq introgressiv jarayonlarni aniqlash.

- Yirik fundamental, ilmiy-texnik, ishlab-chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ekspertiza qilishda ishtirok etish.

- Belgilangan tartibda tasdiqlangan rejaga va davlat ilmiy - texnik dasturlariga muvofiq, tarmoq va mintaqaviy muammolarini hal qilish bo‘yicha turli dorivor o‘simlik turlari seleksiyasi va urug‘chiligini o‘rganish ustida fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlar, laboratoriyaviy tadqiqot va tajriba ishlarini o‘tkazadi.

- Xar xil turdagi dorivor o‘simliklarning urug‘lik namunalarini yaratish, xaritalash va kataloglash.

- Dorivor o‘simlik turlarining mavsumiy rivojlanish ritmlari, ularning ko‘payishi, hayot shakllarini o‘rganish.

- Noyob tur va yo‘qolib ketish xavfi turgan turlarning qimmatli xo‘jalik belgilarini tadqiq etish.