DORIVOR O‘SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI VA AGROTEXNIKASI LABORATORIYASI

DORIVOR O‘SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI VA AGROTEXNIKASI LABORATORIYASI VAZIFALARI:

O‘zbekiston Respublikasi uchun ustivor bo‘lgan barcha dorivor o‘simlik turlarini o‘rganish, iqlimlashtirish, muayyan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlangan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish.

Respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash va ulardan oqilona foydalanish.

Noyob tur va yo‘qolib ketish xavfi turgan turlarni ko‘paytirish va barqaror introduksiya populyatsiyalarini yaratish usullarini ishlab chiqish.

Tabiiy populyatsiyalardagi jarayonlarni modellashtirish shakli sifatida sun’iy ravishda olingan duragaylarda jinsiy ko‘payishning noyob hodisalari bilan bog‘liq introgressiv jarayonlarni aniqlash.

Yirik fundamental, ilmiy-texnik, ishlab-chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ekspertiza qilishda ishtirok etish.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan rejaga va davlat ilmiy - texnik dasturlariga muvofiq, tarmoq va mintaqaviy muammolarini hal qilish bo‘yicha turli dorivor o‘simlik turlari introduksiyasi va agrotexnikasini o‘rganish ustida fundamental, amaliy va innovatsion izlanishlar, laboratoriyaviy tadqiqot va tajriba ishlarini o‘tkazadi.

Xar xil turdagi dorivor o‘simliklarning gerbariy namunalarini yaratish, tuproq-iqlim sharoitlarini xaritalash va kataloglash.

Dorivor o‘simlik turlarining moslashuv mezoni sifatida ontogenez, fenofazalarining o‘tish davrlari, mavsumiy rivojlanish ritmlari, ularning ko‘payishi, hayot shakllarini o‘rganish.

Noyob tur va yo‘qolib ketish xavfi turgan turlarning belgilarni-markerlarni va moslashish usullarini, shu jumladan moslashish mexanizmlarini tadqiq etish.