Ishonch raqami
+99871-292-97-62Matbuot xizmatlari > Yangiliklar
06.11.2024
“Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 maydan boshlab dorivor o'simliklarni yetishtirish, saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash klasterlari tashkil etiladi, shuningdek, hududlar dorivor o'simliklar yetishtirish bo'yicha ixtisoslashtiriladi.
Dorivor o'simliklar klasteri uchun yer maydoni Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va tashabbuskorlar o'rtasida tuziladigan bitim asosida ajratiladi.
Xorijiy investorlar ishtirokidagi dorivor o'simliklar klasteriga yer maydoni investitsiya kiritish to'g'risidagi shartnoma imzolangandan so'ng Vazirlar Mahkamasi tomonidan ajratiladi.
- Klasterni tashkil etadigan tashabbuskor tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ariza;
- biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosnoma;
- zarur infratuzilma ob'ektlari, mol-mulk va boshqa vositalarning mavjudligi haqida ma'lumotnoma.
Qaror bilan dorivor o'simliklar klasterining asosiy vazifalari belgilandi.
Ixtisoslashtirilgan hududlarda dorivor o'simliklarni yetishtirish, urug'liklar va ko'chatlar tayyorlash, bosqichma-bosqich zamonaviy dorivor o'simliklar plantatsiyalari tashkil etish ushbu klasterlarning vazifalaridan biridir.
2023 yil 1 yanvarga qadar dorivor o'simliklar klasterlari, dorivor o'simliklar yetishtiruvchilar va qayta ishlovchilar tomonidan O'zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro'yxat bo'yicha olib kelinadigan xomashyo, uskunalar, maxsus texnikalar, shuningdek, fitobarlar uchun vending avtomatlari bojxona bojidan ozod qilinadi.
O'xshash yangiliklar
Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy
Ma’lumki, davlat rahbarining 2020 yil 26 noyabrdagi tegishli qaroriga asosan O
Yangiliklar | 07.11.2024
Dorivor o‘simliklar markazining vazifalari belgilandi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi
Yangiliklar | 06.04.2021
Respublikada dorivor va ziravor o‘simliklarni rivojlantiri
Aholi salomatligini saqlash va daromadlarini oshirishda dorivor o‘simliklar ye
Yangiliklar | 08.11.2024
Izohlar (0)
Hozircha hech qanday izoh topilmadi!
Izoh yozish uchun tizimga kiring, yoki ro’yhatdan o’ting!