Ishonch raqami
+99871-292-97-62Tashkilotning to‘liq nomi: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi-Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi
Tashkil etilgan yili: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-noyabrdagi “Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug‘chiligini yo‘lga qo‘yishni rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4901-son qaroriga asosan tashkil qilingan
Markaz faoliyati:
· respublika hududidagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar areallarini o‘rganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish;
· urug‘lik materiallarni yetishtirish va tayyorlash, ko‘paytirish, kolleksion ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ularning xomashyolarini qayta ishlash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish;
· dorivor o‘simliklarni yetishtirish bo‘yicha har yili hududiy dasturlarni ishlab chiqish;
· dorivor o‘simliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
· tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib madaniy holda yetishtiriladigan dorivor o‘simliklarning agrotexnologik ishlab chiqish;
· dorivor o‘simliklar kimyoviy tarkibini o‘rganish, mahsulotini standartlash va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlash;
· dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ichki va tashqi bozorlar talabini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlari olib borish;
· dorivor o‘simliklar yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xo‘jaliklari, tashkilotlar va boshqa subyektlar rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirib borishga yo‘naltirilgan dasturlarni tayyorlash va o‘qitish tizimini tashkil etish.
· respublikada faoliyat olib borayotgan ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan sohaga oid loyihalarni tahlil qilish va natijalariga ko‘ra xulosa berish;
· yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar nav-namunalarini yig‘ish va ulardan dorivor moddalari eng ko‘p to‘planadigan nav-namunalarni aniqlash va seleksiya yo‘li bilan yangi navlarni yaratishni yo‘lga qo‘yish;
· hududlarning tabiiy-iqlim sharoitidan kelib chiqib ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarida dorivor o‘simliklarning onalik plantatsiyalarini barpo etish va tadqiqot ishlarini tashkil etish;
· mavjud bioresurslar genofondini saqlash borasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va unga mahalliy hamda xorijiy investorlarning investitsiyalarini, xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb etish;
· dorivor o‘simliklarning kamayib borayotgan noyob turlarini saqlash va ko‘paytirishni tashkil etish;
· yangi turdagi dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish bo‘yicha ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklarida urug‘chilik tajriba uchastkalarini tashkil etish;
· tabiiy holda o‘sadigan dorivor o‘simliklarni madaniylashtirish, chet el florasiga mansub bo‘lgan dorivor o‘simliklarni mahalliy sharoitda urug‘laridan ko‘paytirish va introduksiyalashni yo‘lga qo‘yish;
· sohaga ilg‘or texnoligiyalarni jalb etish va ularni qo‘llashni oshirish;
· laboratoriyani zamonoviy jihozlar bilan ta’minlashga xorijiy institut hamda donorlarning mablag‘larini jalb etish;
Barcha malumotlar
Bo'sh ish o'rinlari
Ilmiy kengash
Markaz tarixi
Faoliyat
Markaz tuzilmasi
Laboratoriyalar faoliyati
DORIVOR O‘SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI VA AGROTEXNIKASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR SELEKSIYASI VA URUG‘CHILIGI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR XOM-ASHYOSINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR FITOKIMYOSI VA STANDARTIZATSIYASI LABORATORIYASI