Ishonch raqami
+99871-292-97-62DORIVOR O‘SIMLIKLAR XOM-ASHYOSINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI LABORATORIYASI VAZIFALARI:
- Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik tadqiqotlarini olib borish, dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini saqlash va qayta ishlash jarayonlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini yig‘ish, saqlash, qayta ishlash, ekstraktiv moddalar yoki biologik faol moddalar olish hamda tayyor biologik faol moddalar tarkibini aniqlash, xodimlar malakasini oshirish, maxsus kurslar shaklida o‘qitish hamda ilmiy-amaliy maslahatlar berish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari asosida xizmat ko‘rsatish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyosini saqlash va qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonlarida ishtirok etishdan iborat.
- Respublikada dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirok etish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini saqlash va qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini yig‘ish, tashish va saqlashning texnologik xaritalarini ishlab chiqish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini qayta ishlash texnologik ko‘rsatkichlari, tartibi va qoidalarini ishlab chiqish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini qayta ishlash va ulardan foydalanish usullari bo‘yicha ilmiy asoslangan ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyosining farmokognostik tahlillari (makroskopik, mikroskopik, fitokimyoviy, lyuminessent, biologik, tovarshunoslik va x.k.).
- Dorivor o‘simliklar va ularning xom-ashyolarining autentifikatsiyasi.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolari tarkibidagi asosiy biologik faol moddalar miqdori va sifatini aniqlash bo‘yicha mikrokimyoviy tahlillar o‘tkazish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida ularning kuchli kimyoviy ifloslanganligini (og‘ir metallar, kuchli xlororganik birikmalar, turli xil tarkibli pestitsidlar va x.k.) aniqlash va ularni bartaraf etish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini quritish, birlamchi qayta ishlash, qadoqlash va saqlash.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyosini standart holatga keltirish.
- Dorivor o‘simliklar va dorivor o‘simliklar xom-ashyolarining mikrobiologik ifloslanishini nazorat qilish va ularga qarshi kurash vositalarini ishlab chiqish hamda qo‘llash usullari.
- Dorivor o‘simliklar va dorivor o‘simliklar xom-ashyolarining zararkunanda hasharotlar bilan zararlanishi baholash, nazorat qilish va ularga qarshi kurash vositalarini ishlab chiqish hamda qo‘llash usullari.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini qabul qilishda sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish va monitoringini yuritish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini qabul qilish jarayonida haqiqiyligi va sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish hamda muvofiq tahlil qilish usullarini takomillashtirish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini ratsional qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
- Tizimdagi tashkilotlarning dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini yig‘ish, tashish, saqlash va qayta ishlash faoliyatlarini monitoring qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini sotilishi, eksport qilinishi hamda zarur hollarda ekspertiza qilish (zarur hollarda) jarayonlarida ishtirok etish hamda ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarining zaxiralari saqlanadigan saqlash hududlari, bino va inshootlarining muvofiq texnologik me’yoriy talablarga mosligi bo‘yicha texnologik xaritalar ishlab chiqish va monitoringini tashkil etish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini birlamchi qata ishlash, quritish, qadoqlash, etiketkalash, tashish va qayta ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha ilmiy asoslangan normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish, tizim tashkilotlarida mazkur jarayonlarni muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini saqlash, qayta ishlash va biologik faol moddalar (ekstraktiv moddalar, preparativ moddalar, biologik substansiyalar, preparatlar va x.k.) olish bo‘yicha global jamg‘arma maqolalari, farmakopeya maqolalari, vaqtinchalik farmakopeya maqolalari, farmakopeya monografiyalari, xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; bir turdagi mahsulotlarga yagona talablarni belgilovchi davlat standartlari (DSt), tashkilot standartlarini (Ts) ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish.
- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini standartlashtirish va x.k;
- Yirik fundamental, ilmiy-texnik, ishlab-chiqarish, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni ekspertiza qilishda ishtirok etish.
- O‘z mahsulotlarini iste’molchilarini izlash va mahsulotlar reklamasini amalga oshirish.
- Ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etishni ta’minlash.
- Tadqiqot, maslahat va ekspertiza ishlarini olib borish uchun asboblar, asbob-uskunalar va materiallarni sotib olish va tegishli texnik holatda saqlash.
- Nazorat-o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish va o‘z vaqtida tekshirishlarni amalga oshirish.
- Faoliyatning ayrim (zaruriy) turlari uchun ruxsatnomalar olish; Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalarini to‘plash va tahlil qilib borish.
Barcha malumotlar
Bo'sh ish o'rinlari
Ilmiy kengash
Markaz tarixi
Faoliyat
Markaz tuzilmasi
Laboratoriyalar faoliyati
DORIVOR O‘SIMLIKLAR INTRODUKSIYASI VA AGROTEXNIKASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR SELEKSIYASI VA URUG‘CHILIGI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR XOM-ASHYOSINI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI LABORATORIYASI
DORIVOR O‘SIMLIKLAR FITOKIMYOSI VA STANDARTIZATSIYASI LABORATORIYASI