DORIVOR O‘SIMLIKLAR FITOKIMYOSI VA STANDARTIZATSIYASI LABORATORIYASI

DORIVOR O‘SIMLIKLAR FITOKIMYOSI VA STANDARTIZATSIYASI LABORATORIYASI VAZIFALARI:

- Ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik tadqiqotlarini olib borish, dorivor o‘simliklarning fitokimyoviy xossalarini va standartlarini tadqiq etish, mavjudlarini takomillashtirish, amaliyotga joriy etish.

- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarlari sifatini nazorat qilish hamda ularni standartlash uchun zamonaviy tahlil usullarini ishlab chiqish, xodimlar malakasini oshirish, maxsus kurslar shaklida o‘qitish hamda ilmiy-amaliy maslahatlar berish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari asosida xizmat ko‘rsatish.

- Dorivor o‘simliklar fitokimyosi va standartizatsiyasi bo‘yicha yoshlarni ilm-fanga keng jalb etish hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonlarida ishtirok etishdan iborat.

- Respublikada dorivor o‘simliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirishda faol ishtirok etish.

- Tajriba va ma’lumotlarning doimiy almashinuvini tashkil etish orqali ushbu yo‘nalishdagi xorijiy ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro tadqiqot dasturlari, anjumanlar va simpoziumlarda ishtirok etish.

- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolari tarkibidagi asosiy biologik faol moddalar miqdori va sifatini aniqlash bo‘yicha mikrokimyoviy tahlillar o‘tkazish.

- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini qabul qilish, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida ularning kuchli kimyoviy ifloslanganligini (og‘ir metallar, kuchli xlororganik birikmalar, turli xil tarkibli pestitsidlar va x.k.) aniqlash va ularni bartaraf etish.

- Dorivor o‘simliklar xom-ashyosini standart holatga keltirish.

- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini qabul qilishda sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish va monitoringini yuritish.

- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini qabul qilish jarayonida  haqiqiyligi va sifat ko‘rsatkichlarini o‘rnatish hamda muvofiq tahlil qilish usullarini takomillashtirish.

- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarining zaxiralari saqlanadigan saqlash hududlari, bino va inshoatlarining muvofiq texnologik me’yoriy talablarga mosligi bo‘yicha texnologik xaritalar ishlab chiqish va monitoringini tashkil etish.

- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini saqlash, qayta ishlash va biologik faol moddalar (ekstraktiv moddalar, preparativ moddalar, biologik substansiyalar, preparatlar va x.k.) olish bo‘yicha global jamg‘arma maqolalari, farmakopeya maqolalari, vaqtinchalik farmakopeya maqolalari, farmakopeya monografiyalari,  xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; bir turdagi mahsulotlarga yagona talablarni belgilovchi davlat standartlari (DSt), tashkilot standartlarini (Ts) ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish.

- Dorivor o‘simliklar xom-ashyolarini standartlashtirish va x.k;